#yangilik #новости #news


"Yashil makon" umummilliy layihasi amalda

Joriy yilning 16-noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali mamlakatimizdagi yashil maydonlarni koʻpaytirish rejalashtirildi.
Shu maqsadda “Yashil makon” loyihasi doirasida texnikum rahbariyati boshchiligida xodimlar bugungi obodonlashtirish ishlarini oʻzgacha zavq va ishtiyoq bilan amalga oshirishirdilar hamda 200 tup manzarali daraxtlar ekildi.
Xalqimizda “Koʻchat ek, bogʻ yarat” degan naql bor. Chunki ekilgan koʻchatlar unib-oʻsib chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, koʻzlarni quvontiradi, ham havoning sofligini taʼminlaydi. Texnikum hududining yashil makonga aylanishi, albatta, o’quvchi- yoshlarning ona-tabiatga mehr qoʻyishlarida, ajdodlarimiz singari ulkan bogʻ-rogʻlar barpo etishlarida, yashillikdan bahra olib, ilhomlanib ta’lim olishlarida muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube