#yangilik #новости #news
🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha respublika shtabi yig‘ilishining 2-son bayonining 4.1, 4.5-banlari ijrosini ta’minlash maqsadida texnikum o‘quvchilarini “Ochiq eshiklar kuni” doirasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Farg‘ona viloyati bo‘limida Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasini tashrif buyurdilar.
🔹 Tashrif davomida texnikum o‘quvchilariga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyati, Markazda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, yangi joriy etilgan ekspertiza turlari, takomillashtirilgan zamonaviy moddiy texnik baza hamda Markazning Farg‘ona viloyati bo‘limida yangi tashkil etilgan Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi haqida batafsil maʼlumot berildi.