January 17, 2022

#yangilik #новости #news


"Словесная игра" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

2022-yil 17-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan "Farg'ona viloyati yuridik texnikumida ta'til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog'lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi"ning 2-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “Umumta‘lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari M.Abdullayeva va Sh.Kamolovalar tomonidan "Словесная игра" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminarda pedagog-xodimlar o‘rtasida rus gramatikasini bilish darajasini teksherish bo‘yicha diktant yoshildi va taxlil etildi.
Trening davomida interfaol metodlardan “Мозговой штурм”, “Силлогизм” foydalanish usullarini qo‘llash bo‘yicha savollar berildi. Qolaversa, insonlarga kundalik motivatsiya berish uchun buyuk insonlarning sitatalari o‘qildi.

Seminar treningda turli xil anogrammalar asosida so‘z, iboralar toppish o‘yinlari o‘tkazildi va ko’tarinki ruhda o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube