#yangilik #новости #news
🔹 Davlat organlari rahbarlari va yoshlarning to'g'ridan to'g'ri ochiq muloqotni yo'lga qo'yish maqsadida texnikumning "Mutaxassislik fanlari" kafedrasi o'qituvchisi Z.Oxunova tashabbusi bilan “Sudya va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda Farg'ona shahar fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudining sudyasi F.Asqarov ishtirok etdi.
🔹 Mazkur jarayonda ishtirok etgan 2-bosqich sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarga sudya F.Asqarov tomonidan sohadagi islohotlar, sudyalik kasbining masʼuliyati, adolat, inson huquq va manfaatlarini taʼminlashdagi ahamiyatini tushuntirib o'tdi.
🔹 Muloqot davomida mazkur tizimda faoliyat olib borishni istagan yoshlarga chuqur bilim olishga intilishlari, oʻz ustida tinimsiz ishlashlari zarurligini taʼkidladi.