November 11, 2021
#yangilik #новости #news
Sudya va yoshlar
Joriy yilning 10 noyabr kuni Fargʻona viloyati sudi binosida yuridik texnikum oʻquvchilari bilan “Sudya va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda yuridik texnikum oʻquvchilari viloyat sudining tarixiy- muzeyi, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv xizmatlar va sud majlislarini masofaviy oʻtkazish xonasi hamda viloyat sudining maʼmuriy binosi bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga majlislar zalida viloyat sudining sudyalari va yoshlar kengashi yetakchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Sudyalar va yoshlar kengashi yetakchilari suhbatni xozirgi kundagi “Sud- huquq” tizimidagi islohatlar, sudyalar oliy kengashining tashkil qilinishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-noyabrda soʻzlagan nutqidagi Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustivor vazifalar, shu bilan birga sohaga oid boʻlgan mavzular doirasida oʻtkazishdi va texnikum oʻquvchilari berilgan savollariga mazmunli javob oldilar.