May 10, 2023
#yangilik #новости #news
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A.Muxammadiyev tomonidan adliya vazirligi yuridik texnikumlarining reyting koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarning 9-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10-may kunida Fargʻona viloyati yuridik texnikumining “Yuridik klinika” rahbari D.Qayumova boshchiligida bir qator oʻquvchi-yoshlar bilan Fargʻona davlat universitetining “Yurisprudensiya” yoʻnalishiga ekskursiya tashkil qilindi.
Ekskursiya davomida yurisprudensiya yoʻnalishiga qabul kvotalari va mavjud mutaxassisliklar boʻyicha yurisprudensiya yoʻnalishi dekani A.Axrorqulov oʻquvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berib oʻtdi.