#yangilik #новости #news
Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-may kunlari Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida "Fuqarolik va ma'muriy sud ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.
👨⚖️Tanlovning "Fuqarolik sud ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessi" final bahsiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Farg'ona viloyati yuridik texnikumi jamoasi o'z iqtidorlarini namoyon qilishdi.
🏆Hakamlar hay'atining yakuniy xulosalariga ko'ra, Farg'ona viloyati yuridik texnikumi "Fuqarolik sud ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o'rinni egalladi va 10 000 000 so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi.
🤝O'quvchilarimizni ushbu yutuq bilan texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlari hamda tengdoshlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!