#yangilik #новости #news
Joriy yilning 3-noyabr kuni texnikumning "Mutaxassislik fanlari" kafedrasi o'qituvchisi D.Salimova tomonidan Ma'muriy javobgarlik fanidan "Davlat-huquqiy faoliyati" yo'nalishi 20-22 guruhida “Transport, yo'l xo'jaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
🔹 Ochiq dars mobaynida o‘quvchilar ikki guruhga bo'linib, "Zanjir", savol-javob, huquqbuzarlik instenirovkasi, rasmli kazus tuzish kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanildi.
🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi. Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.