December 6, 2021

#yangilik #новости #news


Siz konstitutsiyani bilasizmi? ko'rik tanlovining final bosqichi o'tkazildi.

Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.
Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan texnikumning ikkinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida "Siz konstitutsiyani bilasizmi?" koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berilgan bo’lib, bugungi final bosqichida 7-20 guruhining "Taraqqiyot", 5-20 guruhining “Adolat” va 3-20 guruhining “Leaders” jamoalari o’zaro bellashdilar.

Ko’rik tanlov natijalariga ko’ra 5-20 guruhining “Adolat” jamoasi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.