December 7, 2023

#yangilik #новости #news 

⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 12-avgustdagi 93-sonli bayonining 2-ilova, 57-bandida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan ijodiy uchtashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish vazifasi belgilangan.

🔹 Shunga ko‘ra Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 7-dekabr kuni Farg‘ona tumanlararo sudining sudyalari va sudya yordamchilari taklif qilindi.

🔹 Uchrashuv davomida sudya U.Omonov so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazmun-mohiyatini, xalqchil ekanligini mazkur qonunimiz barcha normativ huquqiy hujjatlarga manba bo‘lib xizmat qilishi haqida fikr bayon qildi.

🔹 Tadbir so‘ngida texnikum o‘quvchilarining bergan savollari doirasida savol-jovoblar bo‘lib o‘tdi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube