May 31, 2024
#yangilik #новости #news
✅Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual oʻyinlarining shahar-tuman bosqichlari oʻtkazilmoqda
♻️Soʻx tumanida ham otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi.
Zakovat intellektual oʻyinida tumanning 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi bilimdon yoshlardan tashkil topgan jamoalar bahs olib bordilar.
Intellektual oʻyinda Fargʻona viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilari ham faol ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladilar