May 17, 2022

#yangilik #новости #news



TDYU “Oʻzbek tili” kafedrasi dotsenti U.Poʻlatova tomonidan Yuristlar uchun rus tili fanidan “Uzbekistan– moy kray rodnoy. Stixotvoreniya o Rodine. Vremya, vid glagola” mavzusida ZOOM orqali amaliy dars mashgʻuloti oʻtildi.

Mashgʻulotda texnikum yuristlar uchun rus tili fani oʻqituvchilari M.S.Abdullayeva, SH.T.Kamolova va sud-huquqiy faoliyat yoʻnalishi 16-21 guruhi oʻquvchilari qatnashdilar.

Dars jarayonida Oʻzbekistondagi tarixiy obidalar, unga chegaradosh davlatlar va viloyatlarning maʼmuriy-hududiy joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus fanlarga bogʻlanish orqali oʻrganildi.

Grammatik mavzu boʻyicha oʻquvchilar feʼl zamonlari va shakllari toʻgʻrisidagi bilim va koʻnikmalarini rivojlantirdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube