October 28

#yangilik #новости #news  


🏛 Joriy yilning 2024-yil 25-oktyabr kuni Fargʻona viloyat sudining sudyalari V.Siddikov, B.Xaydarov, Sh.Karimov, viloyat prokurori yordamchisi va mutaxassislik fanlari oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Devorsiz maktab” usulida Fargʻona yuridik texnikumining 33-23 guruh oʻquvchilariga amaliy brifing seminar-mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgulotda jazo turlari va ularni amaliyotda tayinlanish tartibi muhokama qilindi, shuningdek, seminar–mashgʻulotda bugungi siyosiy jarayon - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarga, bu jarayonda yuridik texnikum oʻquvchilarining roliga ham alohida toʻxtalib oʻtdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube