May 20, 2022

#yangilik #новости #news


Joriy yilning 20-may kuni texnikumda Oʼzbekiston Аdolat sotsial demokratik partiyasi Farg'ona shahar kengashi tomonidan “Yangi Oʼzbekistonning tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti yoʼlida birlashaylik” Kontseptsiya doirasida "Manfur illatlardan yoshlarni asraylik" mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan “Terrorizm va diniy ekstremizm”, “Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bogʼliq jinoyatlarning oldini olish” hamda “Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash” mavzularida davra suhbatlari bo'lib o'tdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Аdolat sotsial-demokratik partiyasi Fargʼona shahar Kengashi raisi Sh.I.Аxmedova, Din ishlari boʼyicha Fargʼona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxasisi I.Mirzaaxmedov, Fargʼona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” boʼlimi boshligʼi F. Raxmonov, Fargʼona shahar Аfgʼon jangchilari va nogironlari uyushmasi raisi polkovnik B.Mirzaolimov hamda Fargʼona shahar hokimligi targʼibotchilar guruhi rahbarlari ishtirok etdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube