December 24, 2021
#yangilik #новости #news
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan arzon va sifatli maxsulotlar yarmarkasi tashkil etildi.
Kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan adliya hamda yuridik texnikum xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bayrami oldi yarmarkasini tashkil etildi.
Yarmarkada sifatli, arzon oziq-ovqat maxsulotlari, goʻsht va goʻsht maxsulotlari, meva-savzovotlar, shirinliklar, baliq va baliq maxsulotlari, asal, salqin ichimliklar, un, guruch hamda boshqa maxsulotlar yetkazildi.