#yangilik #новости #news
✅ Farg'ona viloyati yuridik texnikumida Akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligi" munosabati bilan "Xadicha Sulaymonova kabi yurist bo'laman" va "Xadicha Sulaymonova kabi akademik bo'laman" mavzularida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi faxriylar kengashi raisi R.Qirg'izov, adliya faxriysi O'.Yuldasheva, "Legal-AID" advokatlik hay'ati raisi F.Valiyeva, Xadicha Sulaymonova nomidagi syd ekspertizasi viloyat bo'limi ekspertlari L.Yo'ldashev, A.Axmedov, D.Sattorova, bo'lim laboranti F.Sotvoldiyeva, TDYU "Ma’muriy va moliya huquqi" kafedrasi o'qituvchisi X.Soyipovlar hamda texnikum pedagog-xodimlari va 2-bosqich o'quvchilari ishtirok etdilar.
✅ Tadbir davomida ustozlar tomonidan akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ibratli hayot yo'li, ilmiy-madaniy merosi haqida fikr va mulohazalar yuritildi.