November 22, 2021

#yangilik #новости #news


“Kiber xavfsizlik nima?” mavzusida ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.

Joriy yilning 22-noyabr kuni “Umumta’lim fanlar" kafedrasi oʻqituvchisi Sh.Kamalova "Ma’naviyat soati" darsida “Kiber xavfsizlik nima?i” mavzusida 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat" yoʻnalishi 6-20 guruh oʻquvchilariga ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.
Ochiq dars mashg'uloti slaydlar, audio va video materiallar hamda interfaol metodlar (aqliy xujum, baxs-munozara, blits-soʻrov, debat va boshqa usullar)dan unumli foydalangan holda olib borildi

Sh.Kamalova mavzu yuzasidan quyidagi fikrlarni takidlab o’tdi.

Yurtimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, axborot xavfsizligini taʼminlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Hayotimizga kiberxavfsizlik tushunchasi kirib keldi. Kiberxavfsizlik bu – tasodifiy va atayin qilingan axboriy hujumlardan himoyalanish demakdir. U koʻp qirrali faoliyat sohasi boʻlib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin.
Ushbu tizimning mukammal boʻlmaganligi oqibatida bir necha oʻn yillar davomida AQSh, Germaniya, Rossiya, Eron va Ukraina davlatlarining axborot tizimlariga kiberhujumlar amalga oshirilgan. Fuqarolarni kiberxujumlardan himoyalash uchun ommaviy axborot vositalarida, axborot tarqatuvchi qurilmalarda va elektron pul oʻtkazmalari jarayonlarida himoyalovchi kod (parol)lar vositasida foydalanish zarur. Ushbu kod sir saqlanishi, qurilmalardagi antivirus dasturlari doimiy ravishda faollashtirib borilishi kerak.
Maʼlumotlarni saqlash, yetkazish va qayta ishlashda xavfsizlik va barqarorlik muhim omil hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, davlat organlari xodimlaridan maʼsuliyat va eʼtibor talab etiladi. Tashkilotlararo hamda xodimlar oʻrtasida maʼlumotlar almashish jarayonida telegramm ijtimoiy tarmogʻidan foydalanishdan butunlay voz kechish kerak. Buning oʻrniga uz domeni ostidagi saytlar va pochtalardan foydalanilmoqda. Internet tarmogʻidan kelayotgan maʼlumotlar oqimining hammasini ham haqqoniy deb boʻlmaydi.
Aholi, yoshlar oʻrtasida, jamoalarda kiberxavfsizlik mavzusidagi seminarlar va targʻibot ishlarini tashkil etish lozim. Bu esa dastur buzuvchi(xaker)larning muntazam ravishda boʻlib turadigan kichikxujumlarini bartaraf etishga yordam beradi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube