#yangilik #новости #news
“O‘zbekona kiyinish madaniyati, uning targ‘iboti, zamonaviy kiyim tanlashda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ’ib etish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan g‘arb va boshqa kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish hamda yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha texnikumning birinchi va ikkinchi bosqich o'quvchilari o'rtasida “Sharq ayoli ma’rifati” ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlovda qizlar uchta shart bo'yicha “Milliy kiyimlar” taqdimoti, “Milliy liboslar ko’rgazmasi” va “Libos-ma’naviyat kuzgusi” mavzusidagi sahna ko’rinish kabi shartalar bo'yicha bellashdilar. Faol ishtirok etgan o'quvchi-qizlar turli yo'nalishlar bo'yicha nominatsiyasiyalarga sazovor bo'lishdi hamda ta’lim muassasasining FAXRIY YORLIG‘I bilan taqdirlanadilar.