November 19, 2021

#yangilik #новости #news


Ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi

Joriy yilning 19-noyabr kuni “Xususiy- huquqiy fanlar" kafedrasi oʻqituvchisi O.Egamova "Ma'muriy huquq" modulidan “Ta' lim sohasini tartibga solib turuvchi davlat organlari” mavzusida 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat" yoʻnalishi 7-20 guruh oʻquvchilariga ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.
Ochiq dars mashg'uloti slaydlar, audio va video materiallar hamda interfaol metodlar (aqliy xujum, baxs-munozara, blits-soʻrov, debat va boshqa usullar)dan unumli foydalangan holda olib borildi.
Dars jarayonida ta'lim sohasini tartibga soluvchi organlar , ularning vazifalari va funksiyalari , ta' lim sohasini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati ochib berildi.
Guruh oʻquvchilari kichik guruhlarga boʻlinib, kazuslar va test yechish orqali mavzuni yanada mustahkamladilar.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube