November 24, 2023
#yangilik #новости #news
🏛 Joriy yilning 24-noyabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Salimova tomonidan “Fuqarolik protsessual huquqi” fanidan 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 24-22 guruhida "Oldi-sotti shartnomasini haqiqiy emas deb topish" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars seminar-mashgʻulot shaklida oʻtkazilib, unda oldi-sotti shartnomasini haqiqiy emas deb topish asosi boʻyicha o‘quvchilarga berilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllanishi va koʻnikmalarini shakllantirish, darsni asosiy maqsadi qilib qoʻyilgan.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.