November 5, 2021

#Master klass o'tkazildi

Oila bu- jamiyat poydevori, maʼrifiy- tarbiyaviy maskan, istiqlolimiz sifatida muxim va barqaror hamda osoyishta ravnaq topar ekan, davlat kelajagi taminlanishiga shak-shubxa yoʻq. Shunday ekan texnikumimizda taxsil olayotgan oʻquvchi-qizlarimizni har tomonlama komil va yetuk inson boʻlishlarida hamda ularni kelajakda oila maktabiga tayyorlashda yoʻnalish berish maqsadida muntazam ravishda “Oʻquvchilar turar joyida”pedagog-xodimlar tomonidan pazandachilik, chevarchilik, karvin, uy sharoitida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, Izalondan dekorativ gullar yasash va boshqa yoʻnalishlarda master-klass mashgʻulotlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 4-noyabr kuni “Oʻquvchilar turar joyida” kotiba- ish yurituvchi O.Topvoldiyeva tomonidan uy sharoitida “Goʻshtlik pirog” va kuzgi vitaminlarga boy “Sezar” nomli salat tayyorlash boʻyicha master-klass oʻtkazdi. Bunday mashgʻulotlar oʻquvchi-qizlarda katta taʼvssurot va xushkayfiyat ulashdi.

Masster-klass mashgʻulotalari davom etadi.


https://t.me/fslofficial
https://www.facebook.com/fargonayuridik.kolleji
https://www.instagram.com/fsolofficial
https://www.youtube.com/channel/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng