May 7

#yangilik #новости #news


Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.

Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga “Tarbiyachi-pedagog” lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.

Vakant lavozimlar: 1 ta

Malakaga oid talablar:

Oliy ma’lumotga hamda kamida 2 (ikki) yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi;

Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilishi shart. (oylik maosh hamda faoliyatidan kelib chiqib, qo’shimcha ustamalar belgilanadi)

Ish vaqti 20-00 dan 06-00 gacha

Nomzodlar tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini https://vakansiya.adliya.uz/ saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.

Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2024-yil 17-may kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

1. Hujjatlar qabuli;

2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;

3. Test sinovlarini oʻtkazish;

4. Suhbat.

Lavozim vazifalari:

- o‘quvchilar turar joyida tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish;

- o‘quvchilar turar joyida darsdan tashqari ma’naviy-tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish sport tadbirlarni rejalashtiradi va birgalikda o‘tkazadi;

- o‘quvchilar turar joyida o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtidan samarali foydalanishini, ularni darsga, olimpiadalarga, ko‘rik-tanlovlarga, musobaqalarga tayyorgarligini kuzatadi;

- o‘quvchilar turar joyida o‘quvchilarning o‘zini tutish qoidalari va kun tartibiga rioya qilishini nazorat qiladi;

- o‘quvchilar turar joyida o‘quvchilarning o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatni shakllantirishga yordam beradi;

-o‘quvchilar turar joyida o‘quvchilarning oilaviy ahvolini o‘rganadi, ular bilan suhbatlar o‘tkazadi;

- o‘quvchilarni to‘garak ishlariga yo‘naltiradi;

- o‘quvchilar turar joyida madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlarini o‘tkazishda (ommaviy-sport va madaniy va boshqa) tadbirlar, ta’lim muassasasiga tegishli rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar va boshqa pedagogik xodimlar bilan birgalikda ishtirok etadi;