February 7, 2022

#yangilik #новости #news


Yakuniy nazoratlar haftaligi boshlandi.

Joriy yilning 7-fevral kunidan 2021/2022 oʻquv yilining 2-bosqich o’quvchilari uchun 1-semestrning yakuniy nazoratlar haftaligi boshlandi.

Yakuniy nazoratlar haftaligi tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, sinovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog-xodimlar biriktirildi.

Kafedralar tomonidan tayyorlangan yakuniy nazorat savolnomalari oʻquv- metodik boʻlimda koʻrib chiqildi va tasdiqlangan holatda oʻquvchilarga taqdim etilmoqda.

Yakuniy nazoratlar haftaligi joriy yilning 12-fevralga qadar davom etadi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube