#yangilik #новости #news
"Zakovat" intelektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatda aylantirish va boshqa intllektal o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 9-yanvar kuni texnikumning pedagog-xodimlari o'rtasida "Kuch-bilim va taffakurda" shiori ostida "Zakovat" intellektul o'yini tashkil etildi.
O'yin davomida "Femida", "Logos" va "Zukkolar" jamoalari g'oliblik uchun bahs olib bordilar.
Murosasiz kechgan bilimlar bellashuvida 3-o'rinni "Zukollar" jamoasi, 2-o'rinni " Femida" hamda 1-o'rinni "Logos" jamolari g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
Tadbir so'ngida g'olib va sovrindorlar Yoshlar bo'limi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib bir piyola choyga taklif etildilar.