November 17, 2022

#yangilik #новости #news


♻️ Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa, zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va maʼrifat bilan baquvvat boʻladi. Ilmdan hali xech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir.

♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 2- bosqich o‘quvchilari "Sud-huquqiy faoliyat" yoʻnalishi 16-21 guruh oʻquvchilari Baxodirov Xabibullo Xayrullo o‘g‘li va Usmonov Abdulaziz Qaxramon o‘g‘li rus tilini bilish darajasi bo‘yicha Rossiya xalqaro do‘stlik universitetining (TPKI-III/C1) malaka sertifikatini olishga muvaffaq boʻldilar.

O‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan texnikum jamoasi muborakbod etadi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube