May 31

#yangilik #новости #news


⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg‘ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda.

🔸 Jumladan texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Mirjavharova Feruza Usmonjonovnaning “Huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalash - davr talabi.” mavzusidagi maqolasi e’lon qilinmoqda.


Huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalash - davr talabi.

Mamlakatimizda yoshlarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Chunki yoshlarning huquqiy savodxonligi, qonunlarga amal qilishi va ulardan o‘z manfaatlarini himoya qilishda foydalana olishi mamlakat taraqqiyotiga bevosita ta’sir etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning

“Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish to‘g‘risida”gi 1-ustavor yo‘nalishining Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash maqsadida yuvenal adliya tizimini shakllantirish belgilangan.

“Yuvenal yustitsiya” deganda voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus (alohida) sud-huquq tizimi tushuniladi.

Shu bois yurtimizda voyaga yemaganlarning huquqbuzarliklarini barvaqt oldini olishni taʼminlash, jamiyatda ularni huquqiy madaniyatini va huquqiy bilimlarini yuksaltirish, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat va qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini singdirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “Shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 09.01.2019 yildagi PF-5618-sonli Farmonida belgilab berilgan.

Mazkur prinsip asosida 5 yildan ortiq muddat voyaga yemagan shaxslar bilan ishlab kelingan va ushbu prinsip asosidagi islohotlar davom ettirilmoqda.

Yoshlarimizda huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantish huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga xizmat qiladi.

“Shaxs - oila - mahalla - ta’lim muassasasi - tashkilot - jamiyat” prinsipida markaziy o‘rinni ta’lim muassasi egallaydi.

Shu sababli ham hurmatli yurtboshimiz har bir murojaat va chiqishlarida peddagoglarga aloxida e’tibor berib keladilar.

Ta’lim muassasasi, shu jumladan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida voyaga yetmagan shaxslar shaxs sifatida shakllanadi va aynan shu ta’lim dargohida ular asosiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Amaldagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida huquq ta’lim olishda mavjud bo‘lgan bo‘shliq Prezidentimizning 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli Farmoni bilan to‘ldirilgan.

Hozirda umumiy o‘rta ta’limdagi holat yoshlarni kerakli huquqiy bilimlarni egallashiga yetarli bo‘lmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi o‘quvchi yoshlarni huquqiy bilimlarni mukammallashtirishga ko‘mak berishi shubhasizdir.

Mazkur Farmonga muvofiq maktablarda “Huquq olamiga sayohat”
o‘quv dasturlari joriy etilishi, “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasini tashkil e‘tilishi, yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan
onlayn huquqiy savodxonlik maktabi tashkillanishi, qolaversa 2 080 ta maktabda “Huquq sinfi” va huquq fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etilishi yoshlarimizda qonunlarga hurmat, mamlakatga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytiradi hamda huquqiy savodxonlikni oshishiga xizmat qiladi.

Ushbu Farmondan ruhlanib shuni aytishim joizki Farg‘ona viloyat yuridik texnikumining bilimdon va faol o‘quvchilaridan tashkil topgan “Street Law” volontyorlik guruhlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, ko‘cha va hiyobonlarda kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni o‘z tengdoshlariga yetkazishda ularni yanada ijodkorlikka va yangicha yondoshuvlarga undaydi.

Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda barcha yoshlarni davlat kelajagiga befarq bo‘lmasligiga chorlaydi. Zero ma’nan yetuk, barkamol, huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalash-davr talabi.

Farg’ona viloyat yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o’qituvchisi,

Mirjavxarova Feruza Usmonjonovna,

3-darajali yurist


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube