#yangilik #новости #news
🏛 Joriy yilning 24-oktyabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Sud protsessual hujjatlar” fanidan 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi 32-23 guruhida “Fuqarolik ish yuritishda sud ajrimlarining oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.
🔹 Ochiq dars seminar -mashgʻulot shaklida oʻtkazilib, unda fuqarolik ishini qoʻzgʻatishgacha boʻlgan jarayondagi ajrimlar turlari, sud muhokamasi jarayonidagi ajrimlari, alohida chiqariladigan ajrimlar va sud tomonildan joyida chiqariladigan ajrimlar turlari va ularni chiqarish va rasmiylashtirish tartibi boʻyicha oʻquvchilarga berilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllanishi boʻycha koʻnikmalarini shakllantirish darsni asosiy maqsadi qilib qoʻyilgan.