May 19, 2022
#yangilik #новости #news
⚖️ Joriy yilning 19-may kuni “Umumta’lim fanlari” kafedrasi oʻqituvchilari N.Qurbonova va F.Asanovlar “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Binar dars” shaklida “Taqdimot yaratishga qo‘yiladigan talablar” mavzusida ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdilar.
🔹 Ochiq dars mashgʻuloti davomida huquqshunos kasbiy faoliyatida taqdimotning o‘rni, taqdimot turlari, taqdimot yaratishga qo‘yiladigan talablar yuzasidan AKT mutaxassisi ishtirokida tushunchlar berildi. Shuningdek, ta’sirchan nutq tuzish qoidalari o‘rgatildi.
🔹 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar Ms official Power point dasturida taqdimot yaratish bo‘yicha amaliy topshiriqlar bajardilar.
Ochiq dars mashgʻulotini texnikumning tajribali pedagoglari kuzatib bordilar.