December 18, 2024

#yangilik #новости #news 


Texnikum o’quvchilarining darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 1-bosqich o’quvchilariga ilmiy-ommabop maqola yozish bo’yicha “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Salimova tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda maqola tushunchasi, uning yozilish tartibi, maqola va tezislarning farqli jihatlari hamda faoliyati yuritilayotgan “Maqola yozish maktabi” to’garagi bilan tanishtirildi.

O’quvchilar o’zlariga qiziqarli bo’lgan barcha savollarga javob topdilar. Seminar qizg’in munozaralarga boy bo’ldi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube