October 31, 2023
#yangilik #новости #news
🏛 Joriy yilning 31-oktabr kuni texnikumning “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 29-23 guruhida “Akademik matn va uning tarkibiy tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishtirikida mavzuga oid ma’lumotlar yoritildi.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.