February 17, 2023

#yangilik #новости #news


♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1- bosqich "Davlat-huquqiy faoliyat" yoʻnalishi, 20-22 guruh oʻquvchisi Muhammadjonov Ahadjon Azamjon o‘g‘li oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

🔹 Jumladan, Rossiya Federasiyasi, Moskva. “Научный импульс, Международный современный научно-практический журнал” elektron-onlayn jurnalining 7-sonida “RIVOJLANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINING HUQUQIY ASOSLARI” mavzusidagi maqolasi chop etildi.


RIVOJLANAYOTGAN O'ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINING HUQUQIY ASOSLARI

Muhammadjonov Ahadjon Azamjon ogli

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi 1-kurs ”Davlat huquqiy faolyati” yo'nalishi 20-22 guruhi o‘quvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Gender tenglik - ayollar va erkaklar hayotining turlisohalarida teng imkoniyat va mas'uliyat bor demokratik G'arb mamlakatlarida hayotningeng muhim jihatlaridan biri ekanligi haqida, Ayol jam iyat gultoji, mehr va go'zallik timsoliekanligi haqida so z boradi.

Kalit so'zlar: gender tengligi, yol, imkoniyat, mas'uliyat, imkoniyat, jamiyat, huquqiykafolat.

Ma'lumki, 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining qonuni
xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida
ma'qullangandi.

Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o'rtasidagi
tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo'lib kelgan huquqiy munosabatlarning nechog'lik dolzarbligiga qaratilgan onundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
To'g'ri, hozir biz yashayotgan davr yangilanayotgan O'zbekistonning islohotlarida
inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir.

Gender tenglik - ayollar va erkaklar hayotining turli sohalarida teng imkoniyat va
mas'uliyat bor demokratik G'arb mamlakatlarida hayotning eng muhim jihatlari, biri. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, jinsi, fuqarolarning ular muvaffaqiyatli oila hayotini va faoliyatini birlashtirish, ish bilan teng huquqlarga ega. "Gender tenglik" tushunchasi BMT ekspertlari tufayli paydo bo'ldi, va endi u faol emas, balki faqat rivojlangan mamlakatlar muhokama balki uchinchi dunyo rivojlanayotgan mamlakatlarda bo'ladi.

Ana shunday salbiy holatlarga qarshi mazkur qonunning 2-moddasida "Xotin-qizlar va
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari
ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrog'i: erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik — bu
oilada erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi.

Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik
qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Ayol jamiyat gultoji, mehr va go'zallik timsolidir. Ularning jamiyatdagi rolini oshirish
davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi. Aynan ularning manfaatini
ifodalovchi va himoyalovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ayollarga ko'plab imtiyozlar joriy qilindi.

"Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi
O'zbekiston Respublikasi qonuniga asosan barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik
masalalari bo'yicha maslahat kengashlari faoliyati tashkil etildi. Huquqiy asos mavjudligiga qaramay, bugungi kunda ko'plab qizlar, ayollar hamon gender bilan bog'liq kamsitishlarga duch kelmoqda va ular bunday vaziyatlardan aziyat chekishmoqda. Ba'zi oilalarda qizlarga kasb tanlash va universitetga kirib o'qishga ruxsat etilmaydi. Buning o'rniga ularni tezroq turmushga berishga oshiqishadi. Qizlarni ta'lim olishdan mahrum qilish noxush oqibatlarga olib keladi. O'qimagan va malakasiz ayollar, ayniqsa, beva bo'lib qolsa yoki turmushidan ajrashsa, nima qilishlarini bilmay qoladi.

Buning yana bir yomon oqibati borki, iqtisodiyotga ham salbiy ta'sir etadi. Ya'ni ishchi
kuchidan to'liq foydalanilmaydi. Undan ham yomoni, bu ayollarning, ayniqsa, yosh
bolalarning ruhiyatini jarohatlaydi. Kattalar ko'pincha kun sayin o'sayotgan va ularning xattiharakatlaridan o'rnak oladigan bolalar kuzatib turganini esdan chiqaradi. Xalqimizda "Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan naql bor.

Bundan ko'rinib turibdiki, ota farzandining onasiga nisbatan zo'ravonlik qilishi bilan
o'g'il bolada, ayol kishini urish mumkin ekan, degan tushunchani paydo qiladi. Ular o'zini
xavfsiz sezmaydi. Ijtimoiy hayotida turli muammolarga duch keladi. Spirtli ichimliklar yoki narkotiklarga ruju qo'yishi hamda hayotda jismoniy yoki psixologik zo'ravonlikka moyil bo'lishi mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YHATI:

1. Ramazonov I. A., o'g'li Mahmudov M. M., qizi Ernazarova D. X. YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNING HUQUQIY ASOSLARI //RESEARCH AND
EDUCATION. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 101-104.

2. Axadova, Madinabonu Asror, Sevara Faxriddin qizi Settiyeva, and Asal Anvarzoda
Rozmetova. "GENDER TENGLIK." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 14. 2022.

3. Shamsiddinovna F. N. YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNING HUQUQIY ASOSLARI //Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 9-12.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube