January 12, 2022
#yangilik #новости #news
"Taym-menejment: o‘qish va ishda vaqtni samarali boshqarish usullari" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
2022-yil 12-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan "Farg'ona viloyati yuridik texnikumida ta'til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog'lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi"ning 2-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi O.Egamova tomonidan "Taym-menejment: o‘qish va ishda vaqtni samarali boshqarish usullari" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, undan unumli foydalanish samaradorligini oshirish texnologiyalari haqida fikr yuritildi va tushunchalar berib o‘tildi.
Seminar-trening baxs munozaralarga boy bo‘lib, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.