December 8, 2022

#yangilik #новости #news


Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.

🔹 Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan texnikumning bibrinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida "Siz konstitutsiyani bilasizmi?" koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berilgan edi.

🔹 Tanlovning final bosqichida texnikumning 21-22 guruhining "Qomus" va 24-22 guruhining “Jastis “ jamoalari ishtirok etishdi.

🔹 Tanlov Nizomida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar bo‘icha qizg‘in bellashuv natijalariga ko‘ra "Jastis" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, "Siz konstitutsiyani bilasizmi?" koʻrik tanlovida 1-o‘rinni qo'lga kiritdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube