#yangilik #новости #news
Joriy yilning 16-iyun kuni 2-bosqich bitiruvchisi “Davlat huquqiy faoliyati” yo ‘nalishi 5-20 guruhi oʻquvchisi Qayumjonov Rustamjon Ravshanbek o‘g‘li oʻrnatilgan tartibda “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish - davr talabi” mavzusida yuridik texnikum pedagogik xodimlari va o‘quvchilariga inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda seminar-trening mashgʻulotini oʻtkazdi.
Seminar-treningda R.Qayumjonov! “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish - davr talabi”, - degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish birlamchi vazifalardan ekanligini, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish lozimligini, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, huquqiy mavzulardagi ruknlarga eʼtiborni yanada kuchaytirish, aholi oʻrtasida koʻproq koʻtarilayotgan muammolarni davriy nashrlar sahifalarida, ommaviy axborot vositalarida tushuntirib borilishi, huquqiy tarbiya va huquqiy nigilizm va boshqa shu bilan bogʻliq masalallarga alohida toʻxtalib oʻtdi.