June 8, 2022

#yangilik #новости #news


Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga 2022-2023 oʻquv yili uchun oʻquvchilar qabulini tashkil etish boʻyicha targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan joriy yilning 7 iyun kuni Fargʻona viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi tuman(shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari va umumtaʼlim maktablari direktorlari uchun oʻtkazlgan onlayn (ZOOM platformasi orqali) yigʻilishda yuridik texnikum direktori M.Toshmatova ham ishtirok etdi.

M.Toshmatova soʻzga chiqib, texnikumda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilar qabuli boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan qabul parametrlari hamda texnikum bitiruvchilari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va oliy taʼlim muassasalariga kirish boʻyicha imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtdi va barcha maktab bitiruvchilarini texnikumga oʻqishga taklif etdi



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube