May 19, 2022
#yangilik #новости #news
Joriy yilning 19-may kunida viloyat iqtisodiy sudining sudyalari M.Ummatova va M.Umarovlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun mohiyati, jamiyatimizda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlanishi, shuningdek, “Korrupsiya davr kushandasi” mavzularida davra suhbati oʻtkazildi.
Suhbat jarayonida yuridik texnikum oʻquvchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimi mavzusiga oid savollariga maʼruzachilar tomonidan mazmunli javoblar berib oʻtildi.