#yangilik #новости #news
Siz konstitutsiyani bilasizmi? ko'rik tanlovi boshlabdi.
Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.
Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan texnikumning bibrinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida "Siz konstitutsiyani bilasizmi?" koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berildi.
Bugun boʻlib oʻtgan tanlovda texnikumning 20-22 guruhining "Adolat" va 23-22 guruhining "Qalqon" hamda 24-22 guruhining “Jastis “ jamoalari ishtirok etishdi. Tanlov Nizomida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar bo‘icha qizg‘in bellashuv natijalariga ko‘ra "Jaсtis" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, final bosqichiga yoʻllanmani qo'lga kiritdi.