May 3, 2023
#yangilik #новости #news
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida "Mintaqaviy muloqot" xalqaro NNT tomonidan olib borilgan seminar-trening yakuniga yetdi.
New York yuridik maktabi professori Kris Franklin tomonidan texnikumning pedagog-xodimlariga o‘quvchilar bilimini baholashning muhim jihatlari tanishtirib o‘tildi.
Ochiq muloqot tarzida olib borilgan seminar-trening bahs va munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Seminar yakunida texnikum pedagog-xodimlari tomonidan berilgan savollarga xorijlik mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.