October 25, 2023

#yangilik #новости #news 


🏛 Joriy yilning 25-oktabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi F. Mirjavharova tomonidan “Konstitutsiyaviy huquq” fanidan “Davlat -huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 32-23 guruhida "Shaxsning huquqiy maqomi va O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

🔹 Ochiq dars davomida "Atamalar yog'dusi", "Fikringni jamla va top", "Dumaloq stol" kabi interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baholadilar



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube