December 22, 2021

#yangilik #новости #news


"Zakovat" intellektual o'yinlarining final bosqichi o'tkazildi.

Farg'ona viloyati yuridik texnikumida an'anaga aylangan 2-bosqich o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinlarining final bosqichi o'tkazildi.
Turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo'lishga undaydigan bunday o'yinlar bo'lajak huquqshunoslarni o'z ustida ko'proq ishlashiga asos bo'ladi.

O'yin yakunida 1-20 guruhining "Femida" jamoasi o'z zukkoligini ko'rsatib, final o'yini g'olibi bo'ldi.

Zakovat o' yinlari 1- bosqich o'quvchilari o' rtasida davom etadi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube