March 28, 2023
#yangilik #новости #news
⚖️ Oʼquvchilarining bilim, malaka va koʼnikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida Farg'ona viloyat sudida sudyalar V.Siddiqov, D.Xaliknazarova va B.Xaydarovlar tomonidan “Miranda qoidasi” va "“Habeas corpus” - Oʻzbekistonda inson huquqlarining ishonchli kafolati" mavzularida kouching tashkil etildi.
🔹 Kouchlar mavzuni yoritish mobaynida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni haqida ham alohida to'xtalib o'tdilar.
📌 Ushbu kouchinglar oʼquvchilarning amaliy tajribalarini yanada oshirish, ularda kasbiy tayyorgarlik hamda huquqiy ko'nikmalarni shakllantirishda asosiy manbaa bo'lib xizmat qiladi.