December 3, 2021

#yangilik #новости #news


Siz konstitutsiyani bilasizmi? ko'rik tanlovi o'tkazildi.

Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.
Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan texnikumning ikkinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida "Siz konstitutsiyani bilasizmi?" koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berildi.
Bugun boʻlib oʻtgan tanlovda texnikumning 4-20 guruhining "Jactice" va 7-20 guruhining "Taraqqiyot" jamoalari ishtirok etishib, "Taraqqiyot" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, final bosqichiga yoʻllanmani qo'lga kiritdi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube