March 3, 2022

#yangilik #новости #news


Birinchi bosqich o'quvchilari o'rtasida "Texnikum malikasi' ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Joriy yilning 3-mart kuni Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari-yuridik texnikumi direktorining 2022-yil 21-fevraldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish hamda davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chor-tadbirlar" rejasining 1-bo'lim 2-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida texnikum 1-bosqich o'quvchilari o'rtasida "Texnikum malikasi' ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Ko'rik-tanlovda ishtirok etgan qizlar 4 ta shart bo'yicha bellashdilar. Ishtirokchilar o'zlarining zukkoliklari, chaqqonliklari, pazandachiliklari va bilimliliklarini namoyish etdilar. Hakamlar hay'atining qaroriga ko'ra 15-21 guruh o'quvchisi Anvarjonova Dilafro'z "Texnikum malikasi" deb e'tirof etildi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube