#yangilik #новости #news
♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi, 29-23 guruh oʻquvchisi To‘xtasinova Ruxshona Rahmonberdi qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.
🔹 Jumladan, «Innovative Academy» elektron jurnalining “YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI” 13-noyabr 1-tom 8-sonida “ O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI” mavzusidagi maqolasi chop etildi.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
To`xtasinova Ruxshona Rahmonberdi qizi
Farg`ona viloyati yuridik texnikumi davlat-huquqiy faoliyati 29-23 guruhi o`quvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqola yoshlarga yaratilgan shart sharoitlar va ularni qonun oldidagi tengliklari va erkinlikari, qonun bilan mustahkamlanib qo`yilgan huquqlari to`g`risida ma`lumot berildi.
Kalit so`z: Kelajak avlod, davlat siyosati, , irqi, tili, ijtimoiy mavqe, printsip, Ijod maktablari, Innovatsion rivojlanish, axborot texnologiyalari.
Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Yoshlarimizdan o`zbekiston davlati kata narsalarni umid qiladi. Kelajak avlod vattanning o`chmas mashalidir, chunki davlat bor ekan u gullab yashnaydi.yoshlar esa bu davlatning bog`bonlari bo`ladi. Muhtaram prizidentimiz bekorga yoshlarga shuncha etibor qaratayotgani yo`q.
Yoshlarning ko`p huquqlari qonun bilan belgilab qo`yilmoqda, ularga kata e`tibor qaratilmoqda, misol uchun O`zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risidagi qonunning 1-moddasida shunday deyilgan: Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘lato‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi; yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlay olishlariga kafolat berish; jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi.
Ushbu qonunga tayanidigan bo`lsak yoshlar bu millatning ko`zgusidi bizga yaratib berilayotgan shart va sharoitlar albatta bizning ta`lim olishimiz va shu bilan birga O`zbekiston Respublikasining jadal rivojlanishi va yuksak marralarga erishishi uchun yo`l ochishimiz kerakligini anglatadi. yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risidagi prinsplar bunga yaqqol misoldir.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
– yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
– yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; – ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; – yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Lekin bunga qaramasdan qator o`zgarishlar ham qilinmoqda, yosh avloda ushbu hatolarni takrorlamaslik maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan, ta`lim muassasalarida o`quvchi talabalarni vatanparvarlikka undash mamalakati , millati, dini va etiqodi uchun kurashish to`g`risidagi bir qator g`oyalar va chora tadbirlar o`tkazilmoqda . Shu Bilan birga O‘zbekistonda 30-iyun — «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti va «Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
1. https://uznature.uz/uz/site/page?numer
2. https://lex.uz/docs/-5234746
3. https://lex.uz/acts/-140894
4. https://www.uzdon.uz/uz/content/interactive/incoterms/