March 30, 2022
#yangilik #новости #news
Sportining "Kross" turi bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda yurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligining "2022-yilda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar bo‘yicha yo‘l xaritasi"ning 85-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyati yuridik texnikumi o'quvchi-yoshlari o'rtasida yugurish sportining "Kross" turi bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. O'g'il bolalar uchun 1000 metr, qizlar uchun 800 metrga yugurish belgilandi.
Musobaqada o'g'il bolalar o'rtasida:
I-o'rin 12-21 guruh o'quvchisi Umrzoqov Ziyodullo;
II-o'rin 2-20 guruh o'quvchisi Hakimov Bahriddin;
III-o'in 5-20 guruh o'quvchisi Murodov Zohidjon;
I-o'rin 6-20 guruh o'quvchisi Abddufattoyeva Mashxura;
II-o'rin 12-21 guruh o'quvchisi Ma'rufjonova Sevara;
III-o'in 12-21 guruh o'quvchisi Muhammad Ayub Farangizlarga nasib etdi.