July 25
#yangilik #новости #news
Joriy yilning 25-iyul kuni “Adliya vazirligiga otaliqqa biriktirilgan maktablar o‘quvchilari bilan yozgi ta’til davomida ishlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”siga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti, Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi va Farg’ona viloyat yuridik texnikumi tomonidan “Rishton bolalar oromgohi”da o‘quvchilаr uchun huquq vа burchlаrini tushuntirish hamda qаdriyatlаrni hurmаt qilish mаvzusida davra suhbatlari o’tkazildi.
Davra suhbatidan so’ng “Street law” loyihasi ishtirokchilari tomonidan huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan viktorina va huquqiy zakovat tadbirlari, sport o’yinlari o’tkazilib, faol ishtirok etgan o’quvchilarga maxsus sovg’alar topshirildi.