January 13, 2022

#yangilik #новости #news


"Interesting English" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

2022-yil 13-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan "Farg'ona viloyati yuridik texnikumida ta'til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog'lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi"ning 2-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “Umumta‘lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Xusainova tomonidan "Interesting English" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminarda ingliz tilini o’rganishda mnemonika va polyglot yordamida tilni oson samarali va doimiy hotirada saqlab qolish usullari amaliyot bilan birga o’rgatildi.
Trening davomida xotiraning shug’ullangan va shug’ullanmagan bo’lishligi, har bir insonga ingliz tilini oson hamda qisqa muddatda o’rganish imkoniyati mavjudligi ko’rsatib berildi.

Seminar-trening amaliy mashg’ulotlarga boy bo‘lib, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube