March 7

#yangilik #новости #news   


💐💐 Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.

🌹🌹 Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi.

🌹🌹 Bayram munosabati bilan texnikumda "Zamin go‘zalligisiz - lobar ayollar" nomli bayram tadbiri o'tkazildi.

🔹 Tadbirda ayollarni mahv etuvchi she'rlar, kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari hamda musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

🔹 Bayram tadbiridan texnikum o'qituvchi va xodimlari, o'quvchi-yoshlari olam-olam zavq oldilar.

💐💐 Barcha ayollarimizni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz!



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube