November 24, 2023
#yangilik #новости #news
🏛 Joriy yilning 24-noyabr kuni texnikumning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Jinoyat huquqi” fanidan 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 25-22 guruhida "Jazo. tushuncha va turlari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars seminar -mashgʻulot shaklida oʻtkazilib, unda jazoni tayinlash asosi boʻyicha o‘quvchilarga berilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllanishi boʻycha koʻnikmalarini shakllantirish darsni asosiy maqsadi qilib qoʻyilgan.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.