Today

#yangilik #новости #news  


Fargʻona viloyati yuridik texnikumida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 3/15_12_400-son xati ijrosini taʼminlash maqsadida, AQSH mehnat vazirligining 2002-yildan buyon muntazam ravishda olib boriladigan, Bolalar mehnatiga barham berishga qaratilgan saʼy harakatlarini qayd etish boʻyicha eʼlon qilingan hisobotida,Oʻzbekiston “Bolalar mehnatiga barham berishda taraqqiyotni kechiktiradigan amaliyotlar davom etayotgan, minimal baholari boʻlgan davlatlar” qatorida qayd etilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Sh.Jiyanova tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida“Bolalarni majburiy mehnatga jalb etishning salbiy oqibatlarining oldini olish va barham berish”mavzusida debat oʻtkazildi.

Debat davomida oʻquvchilar, mavzu yuzasidan kreativ gʻoya va takliflar bilan boʻlishdilar. Debat qizgʻin baxs va munozaralarga boy boʻldi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube